Yangilik haqida batafsil
Institutda tashkillangan qisqa muddatli malaka oshirish kursi davomida institut va filiallarning professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Institutda tashkillangan qisqa muddatli malaka oshirish kursi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi 6099-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 24-26 avgust kunlari institut va filiallarning professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning “Stol tennisi”, “Shaxmat”, “Futbol” sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Futbol musobaqalarida Farg‘ona filiali jamoasi 1- o‘rinni, stol tennisida esa 3-o‘rinni egalladi. Musobaqalar yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida Institut jamoasi faxrli birinchi, Farg‘ona filiali ikkinchi, Samarqand va Nukus filiallari uchunchi o‘rinlarni egallashdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga sertifikat, medallar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.



