Yangilik haqida batafsil
#Ilmiy_seminar_muhokamasi
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsent v.b. M.Ne’matovning 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarda etnopedagogik madaniyatni rivojlantirish texnologiyasi (tarixiy-etnografik materiallar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi ilmiy seminari boʻlib oʻtdi.
Seminar so‘nggida M.Ne’matovning dissertatsiyasi yuzasidan fikr, mulohaza va takliflar tinglandi hamda 100% natija bilan keyingi bosqichga o‘tdi. M.Ne’matovni institut hamda uning filiallari jamoasi nomidan tabriklaymiz!

.jpg)
