Yangilik haqida batafsil
I.Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat xalqaro universiteti bilan shartnomalar imzolandi.
Nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 17- noyabr kuni I.Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universiteti pedagogika fanlar nomzodi, professor Anarkulov Habibullo Fayzullayevich Farg’ona filialiga tashrif buyurdi. Filialda xalqaro oliygohlar bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi. Xususan, I.Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universiteti xalqaro universiteti bilan shartnomalar imzolandi. Yurtimizda sport sohasiga berilayotgan e’tibor sababli sohada katta yutuqlarga erishilib kelinmoqda. Filialning professor o’qituvchilari va tinglovchilari bilan H.Anarkulov ishtirokida xorijiy tajriba almashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.










