Yangilik haqida batafsil
Hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅Farg‘ona filiali hamda O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Andijon viloyat bo'limi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅ trenerlarni malakasini oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅o‘quv uslubiy, ilmiy metodik faoliyatda tomonlar mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅tomonlar o‘zaro hamkorlikda Sport pedagogik mahoratini oshirish hamda mahorat darslarini tashkil etish;
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.


