Yangilik haqida batafsil

Hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅Farg‘ona filiali hamda O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Namangan viloyat bo'limi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 
✅Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅ trenerlarni malakasini oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅o‘quv uslubiy, ilmiy metodik faoliyatda tomonlar mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 
✅tomonlar o‘zaro hamkorlikda Sport pedagogik mahoratini oshirish hamda mahorat darslarini tashkil etish; 
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.
✅Jismoniy tarbiya va sport ta’limi sohasini keng targ‘ib qilishda qo‘shgan munosib hissasi hamda samarali mehnat faoliyati uchun Filial direktori A.Tishabayev O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Namangan viloyat bo'limi  ijrochi direktori Sh.Mirxoldirshayevni Tashakkurnoma bilan taqdirladi.