Yangilik haqida batafsil
Hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅Farg‘ona filiali hamda O’zbekiston Taekvondo WT assotsiyatsiyasi Namangan viloyat bo’limi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅ trenerlarni malakasini oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅ Farg‘ona filiali tomonidan tashkil etilgan seminar, ilmiy-amaliy anjumanlar hamda uchrashuvlarga assotsiyatsiya yetakchi mutaxassislarni taklif etish;
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.
✅Jismoniy tarbiya va sport ta’limi sohasini keng targ‘ib qilishda qo‘shgan munosib hissasi hamda samarali mehnat faoliyati uchun Filial direktor o'rinbosari B.Bekov Taekvondo WT assotsiyatsiyasi Namangan viloyat bo’limi ijrochi direktori X.Nozimovni Tashakkurnoma bilan taqdirladi.


