Yangilik haqida batafsil

Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Joriy yilning 5-may kuni Farg‘ona filiali hamda O'zbekiston Og'ir atletika federatsiyasi Farg'ona viloyat bo'limi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
 trenerlarni malakasini oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
o‘quv uslubiy, ilmiy metodik faoliyatda tomonlar mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 
tomonlar o‘zaro hamkorlikda Sport pedagogik mahoratini oshirish hamda mahorat darslarini tashkil etish; 
tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.