Yangilik haqida batafsil

Hamkorlik doirasida davra suhbati

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali hamda Fargʻona davlat universiteti oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Kafedra mudiri Nargiza Egamberdiyevna Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining filialdagi dars va hamkorlikdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda faol ishtirok etayotganini taʼkidladi.
Tadbir davomida “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusida doktorantlar va magistrantlarning maʼruzalari ham tinglandi.