Yangilik haqida batafsil
HAMKORLIK DOIRASIDA AMALIY UCHRASHUV TASHKILLANDI
Institutning Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi ijrosi yuzasidan navbatdagi amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad:
— o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash
— o‘quv, ilmiy-uslubiy va amaliy faoliyatni integratsiya qilish
— zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish
Muhokamalar davomida:
— o‘quv jarayoniga tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarini jalb etish
— o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish
— fanlararo integratsiyani kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi
Shuningdek, sportchilar organizmini chuqur o‘rganish, mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirish hamda jarohatlarning oldini olishda anatomiya va sport tibbiyotining muhim o‘rni ta’kidlandi.
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-08-05.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-08-14.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-08-12.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-08-08.jpg)