Yangilik haqida batafsil
Hamkorlik aloqalari
Filialga nufuzli oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, davra suhbatlari oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi dekani Nurullayeva Nargiza Muxtarxanovna bilan hamkorlik uchrashuvi tashkillandi hamda tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.



