Yangilik haqida batafsil
Hamkorlik aloqalari
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Institutning 2025-yil 15-fevral kungi 01-03/2/592-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan reja-jadval asosida sport turlari bo‘yicha testlar bankini tayyorlash bo'yicha Sport federatsiyalari, Terma jamoa trenerlari hamda sohaning tajribali mutaxassislarini jalb qilgan holda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 19-fevral kuni filial direktor o‘rinbosari v.b. O.Qambarov hamda O‘zbekiston Regbi federatsiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi ijrochi direktori M.Muzaffarov, viloyat bosh murabbiyi F.Mamajonovlar bilan hamkorlikda regbi sport turidan yangilangan testlar banki shakllantirildi.

