Yangilik haqida batafsil
Fililalda “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialda joriy yilning 1-dekabr kuni filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari “1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan bir guruh professor-o‘qituvchilari viloyat OITSga qarshi kurashish markaziga amaliy tashrif buyurdilar, tashrif davomida markaz bosh epidemiologi U.Rasulov qatnashchilarga markaz faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar, kasallikni erta aniqlash va uni profilaktikasiga mo‘ljallangan laboratoriya xonalari faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Tashrifdan so‘ng ushbu tadbir filialda “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida davra suhbati ko‘rinishida davom etdi. Unda Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Matxoshimov N.S. yig‘ilganlarga OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) – OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik ekanligi, kasallik inson immun tizimini o‘zgartirishi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshirishi, OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga kelishi, OITVning yuqish yo‘lari, ya’ni, asosan 3 yo‘l bilan: onadan bolaga, qon va jinsiy aloqa orqali yuqishi, kasallikning tobora ortib borayotganli, xususan Farg‘ona viloyatida ushbu kasallikka chalingan aniqlanga bemorlar soni hozirgi kunda 45 000 nafarga yetganligi, uning oldini olish maqsadida esa sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sog‘lom jinsiy hayot kechirish, immun tizimini mustahkamlash, ayniqsa muntazam sport bilan shug‘ullanish o‘ta muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.




