Yangilik haqida batafsil

Filialprofessor-o‘qituvchilari va tinglovchilari Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan tarixiy muzeyga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 13 aprel kuni  Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va aprel oyi tinglovchilari bilan Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan tarixiy muzeyga tashrif buyurishdi. Tashrif vaqtida dastlab Muzey rahbari dotsent S.Siddiqov tinglovchilar va professor-o‘qituvchilarga muzeyning barpo etilishi, to‘g‘risida so‘zlab berdi. Jumladan muzeyning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga mustabid tuzum davridagi qatag‘on siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini gapirib o‘tdi. Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mazmunli javob oldilar, tashrif barchada katta qiziqish va ulkan taassurotlar qoldirdi.