Yangilik haqida batafsil
Filialprofessor-oʼqituvchilari ishtirokida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o'tkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Institutning Farg’ona filiali professor-oʼqituvchilari ishtirokida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o'tkazildi.



