Yangilik haqida batafsil

Filialning professor o’qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirokida xorijiy tajriba almashish maqsadida seminar tashkil etildi

Nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 18-may sanasida  Xalqaro Qozoq-Turk universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, akademik Orazov Shamurat Boymanovich Farg’ona filialiga tashrif buyurdi. Yurtimizda sport sohasiga berilayotgan e’tibor sababli sohada katta yutuqlarga erishilib kelinmoqda. Tashrif mobaynida filialning professor o’qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirokida xorijiy tajriba almashish maqsadida seminar tashkil etildi.