Yangilik haqida batafsil

Filialning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi N.R.Maxmudova tomonidan“Amaliy xorijiy tilni o’rganishning intensiv usullari” modulidan amaliy mashg‘ulot tashkillandi.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg'ona filialida Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi yo’nalishi malaka oshirish kurslari tinglovchilarining xorijiy tillarni  yanada samarali o‘zlashtirishiga ko’maklashish maqsadida  Filialning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi  N.R.Maxmudova tomonidan darsdan tashqari vaqtlarida  “Amaliy xorijiy tilni o’rganishning intensiv usullari ” modulidan  xorijiy tillarni  o’rgatish bo’yicha  “Erkin kurash”  guruhida qo‘shimcha amaliy mashg‘uloti tashkillandi. Unda Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilariga  kelgusi  faoliyatlarida  zarur  bo‘ladigan  og‘zaki hamda  mutaxassislikka  oid  matnlar  bilan  ishlash  jarayonida  ingliz  tilidagi   so‘zlashuv,  berilgan savolning  umumiy ma’nosini tushunib javob qaytarish, so‘zlashish ko‘nikmalarini hosil  qilishga  qaratilgan ma’lumotlar va fikr-mulohazalar berib o’tildi.