Yangilik haqida batafsil

Filiali xodimlari grippga qarshi vaksina bilan emlanishdi.

Kuz-qish mavsumida iqlim salqinlashgan sari aholi orasida gripp va O‘RVI ga chalinish ehtimoli oshib boradi. Milliy emlash kalendariga asosan, grippga qarshi emlanish jarayonlari sentabr-oktabr oylaridan boshlanib, mart oyigacha davom etadi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida bu kabi kasalliklardan himoyalanish, ayniqsa, muhim hisoblanadi. Shu maqsadda, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali xodimlari grippga qarshi vaksina bilan emlanishdi. Emlashdan oldin xodimlar salomatligi o’rganilib, tahlil qilingandan so’ng emlash jarayonlari Farg’ona shahar 3-oilaviy poliklinikasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ta’kidlanishicha, grippga qarshi immunitet emlashdan taxminan 14-15 kun o‘tgach shakllanadi va mavsum davomida grippdan himoya qiladi.