Yangilik haqida batafsil
Filialga joriy yilning 20 - aprel kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti kafedrasi mudiri tashrif buyurib davra suhbati tashkillandi
Filialga joriy yilning 20 - aprel kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi N.X. Fattahov tashrif buyurib, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali bilan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi hamda filialning 2022 - yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq davra suhbati tashkillandi. Suhbat davomida tibbiyot fanlari nomzodi N.X.Fattaxov tomonidan filialda olib boriladigan modullar, xususan, Bolalarda morfofunksional o‘zgarishlar, Maktab o‘quvchilarining morfofunksional o‘zgarishlari, morfofunksional o‘zgarishlarining tinglovchilar uchun ahamiyati, dars mashg‘ulotlarini tashkillashda bolalar organizmida ro‘y beradigan anatomo-fiziologik o‘zgarishlarni inobatga olish, tinglovchilar dars mashg‘ulotlarini o‘tishda Odam anatomiyasi, Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanlari yutuqlaridan hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda olib borish haqida o‘zaro suhbat olib borildi.

