Yangilik haqida batafsil

Filialga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiyot fanlari nomzodi. N.X. Fattahov tashrif buyurdi

Filialga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi. N.X. Fattahov tashrif buyurib, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali bilan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi hamda filialning 2022 - yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining Maktab 4 - guruhida “Anatomiya fani va uning jismoniy tarbiyadagi o‘rni” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Master-klass filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ushbu master-klass tinglovchilarda, bevosita jismoniy tarbiya darslarida bolalar organizmida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlar haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.