Yangilik haqida batafsil
Filialda “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “ Sport psixologiyasi , ijtimoiy -tabiiy fanlar ” kafedrasining yillik ish rejasiga asosan filialda “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir tashkillandi. Tadbirda «Zulfiya» mukofoti sovrindorlari Mamajonova Zulfiya Mirkomil qizi ( Sport yo‘nalishi ), Yuldasheva Farzona Baxtiyor qizi (Sanʼat yo‘nalishi ), Filial kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Suhbatda “ Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Zulfiya Mamajonova va Farzona Yuldashevaning faoliyati va yutuqlari bilan bog‘liq savol va javoblar olib borildi. Davra suhbati sermazmun va sermahsul bo‘lib o‘tdi. Filialimiz tomonidan o‘tkazilgan tadbir tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.



