Yangilik haqida batafsil

Filialda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari ishtirokida “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yana-da samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.