Yangilik haqida batafsil
Filialda “Velosiped kuni” aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 24 - sentyabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-son qarori hamda Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 - yil 7 - sentyabrdagi “Ommaviy velosiped paradlarini, velosiped safarlari hamada “Velosiped kuni” aksiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01/811-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Velosiped kuni” aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiyada xodimlarning ishga velosipedlarda kelishlari taʼminlandi. Aksiya doirasida velosportni yana-da ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanib sog‘lom turmush tarziga jalb qilish maqsadida filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida ishdan bo‘sh vaqtda velosiped sayrlari tashkillandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu “Velosiped kuni” aksiyasi xodimlarda velosportga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirdi.








