Yangilik haqida batafsil
Filialda "Trener-o’qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati" mavzusida namunaviy ochiq dars tashkillandi
Joriy yilning 18-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida “Trener-o’qituvchining professional kompetentligi va maxorati” modulidan "Trener-o’qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati" mavzusida namunaviy ochiq dars tashkillandi. Ushbu namunaviy ochiq darsda filial professor-o’qituvchilari hamda “Sport turlari bo'yicha trener-o'qituvchilari” yo'nalishi tinglovchilari ishtirok etishdi. Darsda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar va namunali ko’rgazmali qurollardan foydalanildi.

.jpg)

