Yangilik haqida batafsil

Filialda “ Тo‘qimachilar ” 26 – MFY fuqarolari bilan hamkorlikda musobaqa tashkillandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4954-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shaxmat sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeystyerlar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilangan.  Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida shaxmat xonasi tashkillangan. Joriy yilning 12-oktabr  kuni “ Тo‘qimachilar ” 26 – MFY fuqarolari bilan hamkorlikda musobaqa tashkillandi.  Bu musobaqada filial rahbariyati, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Tadbir  ko’tarinki ruxda o’tkazildi hamda  sport musobaqasi ishtirokchilarida iliq va unutilmas taassurot qoldirdi.