Yangilik haqida batafsil

Filialda tinglovchilariga amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali o‘qituvchisi To‘xtasinov Dilshodbek Erkinjanovich tomonidan 2022 - yil 18 - noyabr kuni Filialning "Umumtaʼlim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari" yo‘nalishi malaka oshirish kursi maktab-2 guruhi tinglovchilariga 3.3 "Gimnastika nazariyasi va uslubiyati" modulidan "GIMNASTIKA MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANISH." mavzusida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotda saflanish va qayta saflanish, gimnastika anjom va jihozlarda bajarish usullari hamda texnikasi, mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun nimalarga eʼtibor qaratilishi haqida tinglovchilarga maʼlumotlar yetkazildi.