Yangilik haqida batafsil

Filialda tinglovchilari uchun seminar trening tashkil etildi.

Instituti 2022 yil 2 aprel kungi 3-sonli Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishiga qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida 21.04.2022 - yil kuni Farg‘ona filiali pedagog xodimlari va  tinglovchilari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 14 - avgustdagi 658-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun seminar trening tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan seminar trening maqsad va vazifalarini tinglovchilarga O‘IBDO‘ B.Bekov tanishtirib o‘tdi va so‘z navbatini “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Phd D.Norqulovga berdi. D.Norqulov o‘z nutqi davomida malakali sportchilarni tayyorlash zaxirasini takomillashtirish mavzusida fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga professor-o‘qituvchilar javob berishdi.