Yangilik haqida batafsil
Filialda “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
2021-yil 20-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi malaka oshirish kursining tinglovchilari ishtirokida Farg‘ona viloyati axborot-resurs markazida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganlining 32 yilliga bag‘ishlab “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun vujudimiz bilan his etishimiz lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.



