Yangilik haqida batafsil

Filialda sport ustasi E.Isoqjonov tinglovchilarga master klass o‘tkazdi.

Instituti 2022 - yil 2 - aprel kungi 3-sonli Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishiga qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona filiali pedagog xodimlari va  tinglovchilari bilan birgalikda Xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari, trenerlarini taʼlim jarayoniga jalb etgan holda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar hamda filialda dars beradigan professor- o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borishni taʼminlash maqsadida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Shuningdek SAMO sport majmuasini yetakchi mutaxassisi Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, sport ustasi E.Isoqjonov tinglovchilarga master klass o‘tkazdi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga E.Isoqjonov tomonidan javob berildi.