Yangilik haqida batafsil

Filialda "Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam" va ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.
Shu maqsadda Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda filial xodimlari ishtirokida "Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam" va ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.