Yangilik haqida batafsil

Filialda “Shaxs shakllanishida psixologik treninglarni ahamiyati” mavzusidagi seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20 - sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Shaxs shakllanishida psixologik treninglarni ahamiyati” mavzusidagi seminar trening bo‘lib o‘tdi. Psixologik treningni “Yosh davrlari psixologiyasi” fani  o‘qituvchisi Sh. Kurbonova olib bordi.  “Shaxs shakllanishida psixologik treninglarni ahamiyati” mavzusidagi seminar treningda Umumiy o‘rta taʼlim maktab  3-4 guruh tinglovchilari qatnashdilar. Seminar treningda “Qor yig‘imi”, “Ismlar-fazilatlar”, “Juftlik asosida tanishuv”, mashqlaridan foydalanildi. Seminar juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.