Yangilik haqida batafsil

Filialda “Shaxmat” bo‘yicha mahorat darsi tashkillandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek  Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 17-dekabr kuni   filialning p.f.b.f.f.d. (PhD) v.b. dotsenti D.Norkulov tomonidan “Shaxmat” bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.