Yangilik haqida batafsil

Filialda Serbiya davlati jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mutaxassisi Aleksandr Stoymirovich ishtirokida amaliy mashg'ulot o'tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 4-dekabrdagi  “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5887  sonli  farmoni ijrosini ta’minlash hamda yillik rejaga asosan sohadagi xalqaro tajribalarni jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga tatbiq etish  maqsadida  Jismoniy tarbiya  va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish  instituti Farg’ona filialida joriy yilning 25-may kuni  Serbiya davlati jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mutaxassisi, hozirda Neftchi PFK jismoniy tayyorgarlik bo’yicha treneri  Aleksandr  Stoymirovich  hamda filial sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar yo’nalishining  “Futbol” guruhi tinglovchilari ishtirokida seminar hamda amaliy mashg’ulot bo'lib o'tdi.