Yangilik haqida batafsil
Filialda professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida ochiq dars tashkillandi.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Qurbonova tomonidan filial kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari “Maktab-1” guruhi tinglovchilari ishtirokida “Yosh davrlar psixologiyasi” modulidan “Yosh davrlar psixologiyasini tadqiqot metodlari, bolalarning sportga bo‘lgan motivlarini aniqlashda psixodiagnostika va psixokorreksiya ishlarini mazmuni” mavzusida ochiq dars tashkillandi. Ochiq darsda zamonaviy ped texnologiyalar va ko‘rgazmali materiallardan faol foydalanildi.





