Yangilik haqida batafsil

Filialda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 - yilligi munosabati bilan davra suxbati o'tkazildi

Joriy yilning 7 - dekabr kuni Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 - yilligi munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari va futbol guruhi tinglovchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatini “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi v.v.b mudiri U.Azimov ochib berdi. So‘zboshida barchani mamlakatimiz asosiy qonuni Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 29 yilligi bilan samimiy tabrikladi va so‘zni Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori Baxriddin Axmedovich Usmonovga berdi. U barchani bayram bilan tabriklab mamlakatimiz qonunchiligi haqida o‘zining maʼlumotlarini tinglovchilarga aytib o‘tdi. Tinglovchilar tashkil etilgan davra suxbati mazmunli va maroqli bo‘lib o‘tganligini taʼkidlashdi