Yangilik haqida batafsil

Filialda O‘zbek alifbosi savodxonligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Filialning 2022 - yil 1 - noyabrda tasdiqlangan “Kompyuter savodxonligi”, “Ingliz tili savodxonligi” hamda “Lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosi savodxonligi” bo‘yicha 2022 - yil noyabr oyi ish rejasiga muvofiq, 2022 - yil 26 - noyabr kuni filial professor-o‘qituvchilari ishtirokida Lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosi savodxonligi darajasini aniqlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi katta o‘qituvchisi Nazirova N.O. ishtirokchilarga filialda o‘tiladigan modullar bo‘yicha maʼruza va amaliy mashg‘ulot materiallarini tayyorlash va chop etishda, kafedra faoliyatiga doir hujjatlarni yuritishda lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosidan to‘g‘ri va  imlo xatolarsiz foydalanishni yana-da takomillashtirish imkoniyatini yaratish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini aniqlovchi savol va topshiriqlar orqali professor-o‘qituvchilarning bilish darajalari baholandi. Mutaxassis N.O.Nazirova yig‘ilganlarga lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosidan to‘g‘ri va  imlo xatolarsiz foydalanish usullari haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.