Yangilik haqida batafsil
Filialda “O‘qituvchi-murabbiylar kuni”ga bag‘ishlanib “Master klass” o'tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “O‘qituvchi-murabbiylar kuni”ga bag‘ishlanib joriy yilning 27 - sentyabr kuni futbol sport turidan “Futbolchilarni texnik harakatlarini takomillashtirish zamonaviy metodlari” mavzusida “Master klass” tashkillandi, ushbu tadbirni Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi birinchi toifali murabbiy Djo‘rayev Elyorbek hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali p,f,B,f,D,(Phd)., v.b, dotsenti Norkulov Doniyorbek hamkorligida o‘tkazildi, shuningdek farg‘ona davlat universitetini jismoniy madaniyat fakulteti sport faoliyati futbol yo‘nalishi talabalari hamda filiali Sport turlari bo‘yicha futbol trenerlari o‘rtasida ikki tomonlama o‘quv-metodik o‘yin tashkil etildi.



