Yangilik haqida batafsil
Filialda online “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq davra suhbati o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish” mavzusida malaka oshirish Maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya yo‘riqchilari kursi tinglovchilari bilan ZOOM platformasi orqali online davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida filial o‘qituvchisi Sh. Kurbonova globallashuv davridagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan va yoshlar ahloqiga salbiy taʼsir etuvchi illatlardan biri “ommaviy madaniyat” haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berdi. online tashkil etilgan davra suhbatida mavzuga oid taqdimotdan foydalanildi. Qiziqarli bo‘lib o‘tgan davra suhbati uchun tinglovchilar o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.


