Yangilik haqida batafsil

Filialda ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash  hamda axolini ommaviy sportga yanada jalb qilish shuningdek sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish maqsadida joriy yilning 11 – mart kuni   O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish  vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi. Jumladan ertalabki badan tarbiya va “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o'tkazildi.  Bayramona ruhda o'tkazilgan musobaqada tinglovchilar “Mini-futbol”,  "Voleybol" “DARTS“ va  “Stol tennisi“ turlari bo‘yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg‘ona) bo‘lingan xolda o‘zaro qizg‘in bellashuvlar olib bordilar.

Natijalar:

“MINI-FUTBOL”

3-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi;

2-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;

1-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi.

“VOLEYBOL”

3-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;

2-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi;

1-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi.

“DARTS”

3-o‘rin RAXMONOVA NIGORA  (ANDIJON VILOYATI)

2-o‘rin  NOSIROVA NIGORA (NAMANGAN VILOYATI)

1-o‘rin MAMADALIYEVA XURSANOY (FARG‘ONA VILOYATI)

“STOL TENNISI”

3-o‘rin MAMADALIYEVA MUAZZAM  (FARG‘ONA VILOYATI)

2-o‘rin  XUDOYBERDIYEVA ZILOLA (FARG‘ONA VILOYATI)

1-o‘rin JALOLOVA ANORA  (ANDIJON VILOYATI)