Yangilik haqida batafsil

Filialda Olimpiya o’yinlari chempionlari bilan uchrashuv o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg‘ona filialida xodimlarni ommaviy sportga yanada jalb qilish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish maqsadida Olimpiya o’yinlari chempionlari bilan uchrashuv tashkillandi. Uchrashuvda Olimpiya o’yinlari chempioni,  Jahon va Osiyo chempioni, O'zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi, O’zbekiston iftixori, professional boksda 3 ta kamar sohibi  Xusanov Sherzod Alimovich hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy Xolnazarov Nodirbek No’monovich, filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etishdi. Uchrashuv qizg’in davra suhbati ko’rinishida bo’lib o’tdi.