Yangilik haqida batafsil

Filialda “ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar”  kafedrasi o‘qituvchisi U.A Azimov ochib berdi va quyidagilarni so‘zladi:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 17 avgustda  “Odam savdosiga qarshi kurash ishlari to‘g‘risida” gi qonuni  qabul qilingan. 2013 yilda BMT tomonidan 30 iyul– Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilingan. Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo‘lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqyosida keng tarqalmoqda. BMT va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy xulosalariga ko‘ra, undan jabr ko‘rganlar soni bir necha millionlarni tashkil etadi. Tinglovchilar tomonidan mavzuga oid fikrlar eshitildi. (Mavzuga oid taqdimotdan foydalanildi)