Yangilik haqida batafsil
Filialda “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Yangi yil” tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 22-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali jamoasi va tinglovchilari Farg‘ona “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchilarini “Yangi yil” tadbiriga taklif etdilar. Tadbirda “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari o‘z konsert dasturlari bilan qatnashdilar. Filial jamoasi va tinglovchilar tomonidan “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi.









