Yangilik haqida batafsil
Filialda «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazining “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Nazirova Nargiza Odiljonovna ishtirokida Filial rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etildi.




