Yangilik haqida batafsil
Filialda malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarni jalb qilgan holda mahorat darsi o‘tkazildi.
Farg‘ona filialida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida 2022-yil ikkinchi yarim yilida o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslariga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarni jalb qilgan holda seminarlar va mahorat darslari tashkil etish reja jadvaliga asosan Farg‘ona viloyatining stol-tennisi bo‘yicha bosh treneri Sotvoldiyeva Nilufar Tursunovna tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsi davra suhbati hamda amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazildi. Stol-tennisi bilan shug‘ulanuvchini texnik maxoratini oshirish bo‘yicha bir necha usullar ko‘rsatib o‘tildi. Tinglovchilar o‘tkazilgan nazariy-amaliy mashg‘ulotlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.



