Yangilik haqida batafsil
Filialda maktabgacha yoshdagi bolalarga sport tadbirlari tashkillandi.
Joriy yilning 12-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Farg‘ona shahrida joylashgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha yoshdagi bolalarni sportga jalb qilish, ular bilan sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkillash, bolalar organizmini chiniqtirish haqida umumiy tushunchalar berish, ular yoshiga mos keladigan sport elementlari bilan tanishtirish maqsadida sport tadbirlari tashkillandi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari filial sport targ‘ibotchisi M.Ne’matov hamrohligida filialdagi diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tadbirlar maktabgacha yoshdagi bolalarda katta taassurot qoldirdi.






