Yangilik haqida batafsil
Filialda mahorat darslari o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 19-xatboshisi ijrosini taʼminlash maqsadida filialda noyabr oyining Basketbol sport turi yo‘nalishi tinglovchisi Yusupov Erkinjon Axadjonovich malaka oshirish kursining muqobil shakliga o‘tkazilib, joriy yilning 23 noyabr kuni Yusupov Erkinjon Axadjonovich va uning shogirdlari ishtirokida filial tomonidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq mahorat darslari o‘tkazildi.



