Yangilik haqida batafsil
Filialda mahorat darsi o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Professor-o‘qituvchilari hamda dekabr oyi boks, futbol guruhi tinglovchilari bilan birgalikda mahorat darsi o‘tkazildi.Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, shuhrat medali, Jismoniy tarbiya aʼlochisi ko‘krak nishoni sohibi Erkayev Bahodir Turg‘unovich, O‘zbekiston iftixori, Jasorat medali medali sohibi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, Jahon chempioni, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li va Shuhrat medali sohibi, Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, Jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Latipov Jasur Madaminjon o‘g‘li ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida tinglovchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga ishtirokchilar tomonidan javoblar olishdilar



