Yangilik haqida batafsil
Filialda lotin yozuvi imlo qoidalarini elektron hujjatlarda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalari va dasturiy mahsulotlari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida kirill yozuvidan lotin yozuviga (yoki aksincha) savodli o‘giradigan dasturiy ta'minotlar hamda ularning mobil ilovalaridan samarali foydalanish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va yangi imlo qoidalari bo‘yicha savodxonligini shakllantirishga mo‘ljallangan turli ko‘rgazmali vositalar bilan birgalikda o‘quv mashg‘ulotlari tashkillandi. O‘quv mashg‘ulotlarida lotin yozuvi imlo qoidalarini elektron hujjatlarda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalari va dasturiy mahsulotlari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.


.jpg)