Yangilik haqida batafsil
Filialda “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA” davra suhbati tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi malaka oshirish kursi tinglovchilari va filial professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 2017 - yil 4 - yanvar kuni “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, kuchga kirgan. Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Davra suhbati davomida mavzuga oid normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan filial o‘qituvchisi U.A Azimov maʼlumotlarni berib o‘tdi.


