Yangilik haqida batafsil
Filialda “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH” mavzusida tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 22-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda tarix fanlari doktori B.A Usmonov ishtirok etib, mavzuning dolzarbligi, korrupsiyaning kelib chiqish tarixi, xozirgi kunda barcha mamalakatlarda mavjudligi va O‘zbekistonda ham bu illatga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida tushunchalar berib o‘tdi.


