Yangilik haqida batafsil
Filialda “KORRUPSIYA VA UNING JAMIYATGA TAHDIDI” MAVZUSIDA Davra suhbati o‘tkazildi.
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI FARG‘ONA FILIALIDA “KORRUPSIYA VA UNING JAMIYATGA TAHDIDI” MAVZUSIDA Davra suhbati o‘tkazildi Ushbu davra suhbatini direktorning o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Bekov mavzuga oid kirish qismi bilan ochib berdi va so‘z navbatini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Ulug‘bek Azimovga berdi. Bugun O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Davra suhbati davomida filial xodimlari va tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga o‘qituvchilar tomonidan asoslangan, hayotiy misollar orqali javoblar berildi. Davra suhbati bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi. (Mavzuga oid taqdimot namoyish etildi)


